Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov hududida istiqomat qiluvchi murojaatchi fuqarolar bilan navbatdagi qabul va uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Oqmachit mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
3-sonli texnikumdagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li va Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar hamda tuman Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyevalar bilan birgalikda 20-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
янв.21
Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li hamda Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar tashrif buyurishdi.
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

🏛 #_Davlat dasturlari ijrosi DEPUTAT_NAZORATIDA

Bandixon tumanining eng chekka hududlaridan biri — Quduqsoy mahallasida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida Quduqsoy MFYdagi 33-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati
G.Xolmatova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov qurilish obyektida bo‘lib, ishlarning borishi, sifati va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini o‘rgandi.

✅Ayni paytda umumiy qiymati 3 milliard 300 million so‘m bo‘lgan, 240 o‘rinli zamonaviy maktab binosi bunyod etilmoqda. Qurilish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.

Yangi ta'lim maskani nafaqat Quduqsoy mahallasi, balki butun hudud yoshlarining sifatli ta'lim olishi uchun munosib sharoit yaratadi. Bugungi bunyodkorlik ishlari — ertangi kun taraqqiyoti va farzandlarimizning porloq kelajagiga xizmat qiladigan muhim qadamlardandir.

Slide 1 of 10