🔸Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi kotibi D.O‘ralov Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurdi. Amaliy uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kotibiyat faoliyati, ish yuritish tizimi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
📌Tashrif davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar o‘rganildi:
▫️ Deputatlar va doimiy komissiyalar ish jarayonlari uchun yaratilgan zamonaviy qulayliklar.
▫️Kotibiyatda meʼyoriy hujjatlarning yuritilishi va qonunchilik talablariga muvofiqligi.
▫️Xodimlar, deputatlar hamda doimiy komissiyalarning o‘zaro samarali aloqasi.
🔹Uchrashuv yakunida shahar Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, hududiy saylov komissiyasi bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish hamda ish yuritishni tizimli tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.