Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar faoliyatiga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Maktab kutubxonalari holati o‘rganildi
Mahalladagi kriminogen vaziyat deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat Sanobar Keldibekova tomonidan Adirobod mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyati, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda aholi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Adirobod mahallasi hududida jinoyat holatlari qayd etilmagan bo‘lib, mahalla jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yashil” toifada saqlanib kelmoqda.
Shuningdek, fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, kiberjinoyatchilikning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli ishlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 3