O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Taxiatosh tumanida keng qamrovli “Salomatlik sari” aksiyasi tashkil etildi.
🤝 Aksiyani tashkil etish va uni aholi uchun samarali o‘tkazishda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov faol ishtirok etdi.
👩⚕️ Aksiya doirasida “Do‘stlik” va “Xalqlar do‘stligi” mahallalarida istiqomat qiluvchi 153 nafar xotin-qiz malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
🔬 Ko‘riklar davomida ayollar salomatligiga alohida e’tibor qaratilib:
🔹 mammografiya,
🔹 rentgen,
🔹 UZI tekshiruvlari amalga oshirildi.
🚑 Zamonaviy ko‘chma tibbiy uskunalar yordamida kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
📌 Mazkur aksiya aholining, ayniqsa xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sog‘lom jamiyatni shakllantirish yo‘lidagi muhim amaliy tashabbuslardan biri bo‘ldi.