🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati T.Rasulova tegishli masʼullar bilan birgalikda shahar hududida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar xonadonlarida bo‘ldi. Xalq vakili va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh oilalarning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoitlari hamda ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi.
🔹Muloqotlar davomida fuqarolarning kundalik turmush tarzi, bandlik, tibbiy xizmat va kommunal sohalardagi ehtiyojlari tinglandi. Deputat T.Rasulova har bir murojaat va aniqlangan masala eʼtibordan chetda qolmasligini, ularni qonuniy doirada hal etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini taʼkidladi.