Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylari davomida “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga jami 2 milliard 232 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushgan bo‘lib, bugungi kunda jamg‘armada 1 milliard 816 million so‘mdan ortiq qoldiq mablag‘ mavjud.

Mazkur davrda:
25 nafar yoshning ta’lim kontrakti uchun mablag‘ ajratilgan;
haydovchilik kurslarida o‘qish uchun subsidiyalar berilgan;
yoshlar festivallari, forumlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uchun mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 67 nafar yoshning 42 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan, “qizil” toifadagi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash natijasida esa yuzlab yoshlarning bandligini ta’minlashga erishilgan.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaharda “Besh tashabbus olimpiadasi”, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar, forumlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib, ularda minglab yoshlar qamrab olingani qayd etildi.

Bundan tashqari, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, IT va xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida turli to‘garak va o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, ularga yuzlab yoshlar jalb qilingan.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5