Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Deputat o’z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashdi.

11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova tomonidan Urganjiyon MFYdagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Saylovchilar tomonidan yo’llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, yoshlar bandligi va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish bo’yicha bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o’rganib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgiladi.
Shuningdek, fuqarolar bilan alohida suhbatlar o’tkazilib, ularning muammolari va ehtiyojlari o’rganildi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan masalalarni hal etish, xalq bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish va hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish bo’yicha fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o’z vaqtida hal etish va xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1