Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
SALOMATLIK – ENG KATTA BOYLIK! Tuman tadbirida 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev hamda 4-Tarnaut saylov okrugi deputati, Хalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Jumayevlar ishtirok etdilar.

Romitan tumani hokimligi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida “Sog‘lomlashtirish marafoni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur marafon nafaqat sport tadbiri, balki sog‘lom hayot falsafasini targ‘ib qiluvchi, insonlarni faol va mazmunli hayot kechirishga undovchi muhim tashabbus ham bo’ldi.
Tadbirda 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev hamda 4-Tarnaut saylov okrugi deputati,  Halq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Jumayevlar boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, mutasaddi tashkilot vakillari, nuroniylar, yoshlar, sportchilar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni asrash bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar.
Bugungi marafon yana bir bor shuni isbotladiki, sog‘lom inson – sog‘lom oila, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyat poydevoridir.
Romitan tumani tibbiyot birlashmasi barcha fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va o‘z salomatligini asrashga chorladi.
"Sog‘lomlashtirish marafoni” tadbiri davomida tuman aholisiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarga raqamli tibbiyot xizmatlaridan samarali foydalanish maqsadida DMed ilovasining qulayliklari, undan foydalanish tartibi hamda elektron tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida aholi tomonidan bildirilgan samimiy minnatdorchilik va iliq fik

Slide 1 of 1