Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
G'oyibon mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 25-Bobodo‘g‘i saylov okrugidan saylangan deputati Otabek Tilavov tomonidan tasdiqlangan reja asosida saylov okrugidagi ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan "Tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot holati to‘g‘risida"gi masala yuzasidan tuman Adliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov hududida istiqomat qiluvchi murojaatchi fuqarolar bilan navbatdagi qabul va uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“ADOLAT” SDP QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING VII-PLENUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Oqmachit mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
3-sonli texnikumdagi shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi MDPT fraksiyasi a’zolari Mamatxonov Bahodir Mullajon o‘g‘li va Tojiyev Kozimjon O‘ktamovichlar hamda tuman Kengashi deputatlari M. Karimova va F. G‘oziyevalar bilan birgalikda 20-sonli oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
янв.21
Deputatlar bilan muhim qonunlar mazmunini yetkazish masalalari muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani deputatlari saylov okruglaridagi faoliyatini davom ettirmoqda

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari hududlarni obodonlashtirish, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi tizimli ishlarini davom ettirmoqda.

✅18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E. Jurayev va kotibiyat xodimlari hamkorlikda ishlash grafigini ijro etib, saylov okrugidagi "Navro'z" MFY hududidagi faoliyatni o‘rganishdi va mahallada olib borilayotgan obodonchilik ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

✅Deputat faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tashkil etdi.

✅Shuningdek, mahallada barpo etilgan zamonaviy Workout sport maydonchasi ham o‘rganildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini sport bilan mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar va maydonchaning texnik holati diqqat bilan baholandi.

✅Bu tashrif saylovchilar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, hududlarni rivojlantirish va yoshlarga qulay sharoit yaratish borasidagi ishlarni yanada samarali olib borish imkonini beradi.

✅Maqsadimiz — har bir mahallada aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va yuzaga kelayotgan muammolarni joyida, tezkorlik bilan hal etishdir.

✅Uchrashuv yakunida muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.

Slide 1 of 5