Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
🔰Deputatlik so‘rovlari natijasida Obod mahallasida yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda
🔰Deputatlik so‘rovlari natijasida Obod mahallasida yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda

🏦Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 22-Obod saylov okrugi deputati I.Murodov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar, aholi murojaatlari va hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Obod mahallasidagi asosiy hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida ko‘tarilgan edi.

📥Mazkur muammoni hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilot va muassasalarga bir qator deputatlik so‘rovlari yuborilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish talab etildi.

🛣 Bugungi kunda ushbu deputatlik so‘rovlari ijrosi doirasida Obod mahallasi hududidagi asosiy va ichki ko‘chalarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, yo‘llarni tekislash, shag‘al yotqizish, nosoz uchastkalarni tiklash hamda transport harakati uchun qulay sharoit yaratish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

📥Ushbu ishlar mahalla aholisi uchun katta qulaylik yaratib, ayniqsa, ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ob’ektlarga qatnovni yengillashtirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yo‘llarning ta’mirlanishi transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish hamda hududning obodonchilik ko‘rinishini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🤝 Deputat I.Murodov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda joyiga chiqqan holda o‘rganilib, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan nazorat olib borilmoqda.

🔖Shuningdek, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, mahalladagi mavjud infratuzilmaviy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab borilmoqda.

✅ Obod mahallasida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar xalq manfaatlarini ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning yorqin namunasidir.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 5