Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹 Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid eng muhim va dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
▫️ budjet daromadlari bazasini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Hamrayevning hisoboti;
▫️ Uchquduq tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yil I choragida Davlat budjeti daromadlari va mahalliy budjet ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yil rejalar;
▫️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-22-son Farmoni ijrosi doirasida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili Davlat dasturining amalga oshirilishi;
▫️ tuman budjetining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi;
▫️ elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
▫️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar;
▫️ yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish masalalari;
▫️ tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarni muhofaza qilish ishlari;
▫️ “Aytim” MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi;
▫️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2026-yil I chorakdagi faoliyati hamda kelgusidagi rejalari to’g’risidagi bir qator masalalar muhokama qilindi.

🔺 Sessiya ishini Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi Umrbek Salimov olib bordi. Shuningdek, majlisda tuman hokimi Uchkun Yelmuratov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 9