Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Bakteriologiya labaratoriyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Laboratoriya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi – doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov bilan birgalikda tuman Kadastr palatasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatining deputat so‘rovi asosida Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qadriyat va Paxtaobod ko‘chalarida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati U. Bobojonov tashabbusi bilan Alisher Navoiy, Furqat, Gulzor hamda O‘zbekiston mahallalari "Yettiligi" va BSK tashkiloti hamkorligida ko‘p qavatli uy-joylar hududida obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida deputatlar faoliyatida foydalanish uchun 162 ta "Eng muhim qonunlar" to‘plami doimiy komissiyalar kesimida taqsimlandi.
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati J.Hasanov “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman miqyosidagi mutasaddilarga deputatlik so‘rovlarini yubordi.

Murojaatlar negizida hududdagi eng og‘riqli uchta masala — tibbiyot, ekologiya va maktabgacha ta’lim muammolari aks etgan:

1. Olis qishloq aholisi uchun mobil tibbiyot xonasi tashkil etiladi

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga.

Tuman markazidan qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan “Madaniy turmush” qishlog‘ida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bino yo‘q. Keksalar, homilador ayollar va yosh bolali onalar oddiy muolajalar uchun ham uzoq yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda.

Hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 1 xonali maxsus tibbiyot konteynerini (mobil ijtimoiy xona) ajratish va uni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqilishi so‘raldi.

2. O‘zbekiston ko‘chasidagi chiqindi muammosi bartaraf etiladi

“Bio tex eko” MChJ rahbari K.Shomurodovga.

Mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli noqonuniy chiqindi uyumlari yuzaga kelgan. Havo isib borayotgani sababli badbo‘y hid va yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortmoqda.

Chiqindi uyumlarini qisqa muddatda to‘liq tozalash hamda maxsus transport vositalarining qat’iy grafik asosida kelishini ta’minlash talab qilindi.

3. Mahallada 150 o‘rinli bog‘cha qurish zarurati qo‘yildi
Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tashanovaga.

“Tolto‘g‘ay” mahallasida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) bolalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas.

Mahallada kamida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish yoki uni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini asoslantirgan holda ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish mansabdor shaxslarga qonuniy javobgarlik keltirib chiqaradi.