Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
Muqimiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Muqimiy” mahallasida hududiy o‘rganishlar va aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumanidagi “Muqimiy” mahallasida uchrashuv tashkil etilib, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuv davomida mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholi turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va mahalladagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faollari hamda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan tahliliy muloqotlar olib borildi.

🏘 Shuningdek, ichki ko‘cha yo‘llari holati, tungi yoritish tizimi, kommunal xizmatlar sifati, issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq masalalar, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari, park va yashil hududlar holati ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

📈 Mahalladagi aholi bandligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion imkoniyatlarni kengaytirish, madaniyat va sport infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli hal etish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hudud rivojiga amaliy hissa qo‘shish deputatlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Yakunda ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4