Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat hamda tuman deputati Qiziltepa tumanida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati D.Sharopova Paxtaobod mahallasida barpo etilayotgan 420 o‘rinli 30-son umumta’lim maktabi binosi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tashabbusi bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Maktab qurilishi jarayoni o‘rganildi
янв.21
Qurilish ishlari nazorat qilindi
Tumanda “yashil energiya” sari muhim qadamlar: quyosh panellarini joriy etish ko‘lami kengaymoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan quyosh panellarini o‘rnatish ishlari izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bu borada tumanimizda ham amaliy ishlar keng ko‘lamda olib borilib, aholi o‘rtasida “Yashil energiya”ga bo‘lgan qiziqish yil sayin ortib bormoqda.
Quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi davlat elektr tarmog‘iga uzatilmoqda. Shuningdek, aholini rag‘batlantirish maqsadida davlat tomonidan har bir ishlab chiqarilgan 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘m miqdorida subsidiya to‘lab kelinmoqda.
Bu nafaqat aholi xarajatlarini qisqartirish, balki mamlakatimiz elektr energiyasi ehtiyojini qoplashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko‘rsatkichlar
2025 yil yanvar–dekabr oylari yakuniga ko‘ra, quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar soni 731 nafarni tashkil etdi.
2026 yilning yanvar–aprel oylari davomida esa mazkur ko‘rsatkich 175 nafarga yetdi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, yil yakuniga qadar ushbu raqam 800 nafarga yaqinlashishi kutilmoqda.
Bu esa aholi tomonidan energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalarga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Tumanda amalga oshirilgan ishlar
Davlat dasturlariga muvofiq, 2025-yilda 236 ta aholi xonadonlari hamda 222 ta obyektda jami 6571 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ushbu ko‘rsatkich 10 718 kVtga yetkazilib, reja 163 foizga bajarildi.
2026-yil uchun esa 6796 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish vazifasi belgilangan. Joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida 3048 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilib, reja 45 foizga bajarildi. Yil yakuniga qadar bu boradagi ishlarni belgilangan rejadan oshirib bajarish ko‘zda tutilmoqda.

“Yashil energiya”ni rivojlantirish — bu nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar farovonligi uchun xizmat qiladigan muhim qadamdir.
 

Slide 1 of 2