Jańalıqlar

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zosi G.Mirzayeva hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi G.Mahammadieva ishtirokida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini joyida o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasalarida fuqarolarni qabul qilish tizimi, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati, tor mutaxassislar faoliyati, aholining dori vositalari bilan ta'minlanishi, laboratoriya va diagnostika xizmatlari, profilaktik tibbiy ko‘riklar, skrining tadbirlarining tashkil etilishi hamda tibbiy xizmatlardan fuqarolarning foydalanish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi, tibbiyot xodimlarining malakasi, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan mas'ul mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, tibbiy yordamning tezkorligi va samaradorligini ta'minlash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5