Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari A.Andayev va U.Safarov tomonidan hududlarda infratuzilma holatini o‘rganish va aholi murojaatlariga yechim topish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu doirada deputatlar Paxtakor mahallasida bo‘lib, hududdagi ayrim ichki yo‘llarning bugungi holatini joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish jarayonida yo‘llarning ta’mirtalab qismlari, harakatlanish uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda aholiga tug‘dirayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilab olindi.