Jańalıqlar

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🔹 Nurobod tumani Ulus mahallasida 8-Ulus saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axboroti taqdim etildi.

🔹 Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari R.Xonnozov hamda mahallaning “yettilik” tarkibi a’zolari ishtirok etdi.

🔹 Hisobot davomida deputat tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar, ko‘tarilgan muammolarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

🔹 Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 Tadbir yakunida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 7