Jańalıqlar

"Farhod" mahallasi nazoratda: infratuzilma va aholi turmush tarzi o‘rganildi

💬Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bunda aholi turmush tarzi bilan bog‘liq barcha jihatlar qamrab olindi.

✔️Tadbir davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

🔅Ichki yo‘llarning holati: Mahalladagi ichki ko‘chalarning ta’mirtalab joylari ko‘zdan kechirildi;

🔅Tungi yoritgich chiroqlari: Ko‘chalardagi yoritish tizimlarining ishlash holati va yetarli yoki yo‘qligi tekshirildi;

🔅Hudud obodligi va xavfsizligi: Umumiy hududning tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish holati hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratilganligi.

💬Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

🫥Maqsad — "Farxod" mahallasida aholi uchun yanada qulay va obod yashash sharoitini yaratishdir.

Slide 1 of 5