Jańalıqlar

Chilonzor tumani FHDYo bo'limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi tomonidan tuman FHDYo bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati hamda sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida davlat xizmatlarining sifat darajasi, navbat tizimi, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari va murojaatchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari e’tiborga olindi.

 Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi va mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar taqdim etildi .

Fuqarolarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi .

Slide 1 of 6