Jańalıqlar

MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA!

 MUAMMO HAL BO'LMOQDA — SUV YETIB BORMOQDA! 

  

🔹 Farg'ona tuman Kengashining 2026-yil 23-fevraldagi
qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosi doirasida Boy
mahalla fuqarolar yig'ini hududida ichimlik suv ta'minotini yaxshilash ishlari
boshlandi.
 

🔹 Loyiha asosida 1 km uzunlikdagi ichimlik suv
tarmog'i tortilishi rejalashtirilgan — tegishli diametrli quvurlar
yotqizilmoqda.
 

Farg'ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh. Rahimov
va kotibiyat bosh mutaxassisi O. Dadajonova ishlarni joyiga chiqib, bevosita
nazorat qilmoqdalar.
 

Xalq
ham befarq emas!
 

🤝
Mahalla fuqarolari o'z tashabbusi bilan loyiha samaradorligini oshirishga faol
hissa qo'shmoqda. Bu — haqiqiy fuqarolik mas'uliyati!
 

Belgilangan
reja — bajarilmoqda.
 

Nazorat
— kuchaytirilmoqda.
 

Natija
— xalq uchun!
  

Slide 1 of 4