Jańalıqlar

Aholi murojaati deputatlar nazoratida

🔹Avval xabar berilganidek, Marg‘ilon shahridagi Xo‘japorso MFY aholisi tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi yuzasidan murojaat yo‘llangan edi. 

🔹Mazkur murojaat deputatlar tomonidan e’tiborga olinib, muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputatlar A.Mahkamov va S.Azizov hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi. Hudud MFY raisi hamrohligida atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹Oʻrganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar batafsil o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 6