Xususan, Kengashning doimiy komissiyalari tomonidan kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilib, unda masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, sessiya kun tartibini shakllantirish, hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni mas’ul tashkilot va idoralar bilan kelishish hamda deputatlarga yetkazish bo‘yicha zarur tashkiliy choralar ko‘rildi.
Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar amaldagi qonunchilik talablari asosida izchil davom ettirilmoqda.