Jańalıqlar

Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi halati o‘rganildi.

🔹 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati O.G‘oziyev, Kengash Kotbiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Qoroqchitol mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 10-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish jarayonida muassasada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, bemorlar murojaatlariga munosabat, shifokorlar faoliyati hamda bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash darajasi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Muassasa rahbarining 10-sonli Oilaviy poliklinikaning tumanning chekka hududi hisoblangan Oydinbuloq mahallasidagi filialiga dorixona ochish yuzasidan murojaati eshitilib, ushbu masala yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 10