Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 9 oylik ijrosi muhokama qilinadi
янв.21
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish

❗️ TOSHKENT SHAHRIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagullayev Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayevaga tibbiyot muassasalarida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Shomansur Sagullayev Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning quyi tashkilotlariga kelib tushayotgan murojaatlar soni, ularning asosiy mazmuni, tibbiy xizmatlardan norozilik holatlari hamda fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savol berdi. Shuningdek, davolanish uchun bepul orderlar ajratilishi, dori-darmon bilan ta’minlash va sayyor qabullar samaradorligi bo‘yicha ma’lumot berishni so‘radi.

🗣 JAVOB: Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayeva mazkur masala yuzasidan 2026-yilning to‘qqiz oylik hisobot ko‘rsatkichlarini ma’lum qildi.

📩 Jumladan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning quyi tashkilotlariga 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida 4 446 ta murojaat kelib tushgani qayd etildi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 4 999 tani tashkil etgan bo‘lib, murojaatlar soni 553 taga yoki 11 foizga kamaygani bildirildi. Murojaatlarning 75 foizi amaliy yordam so‘rash, 22 foizi shikoyat, 2,5 foizi minnatdorlik va tashakkurnomalar, 0,5 foizi esa bekor qilingan murojaatlar hissasiga to‘g‘ri kelgani ma’lum qilindi.

🏥 Tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari va ko‘rsatilgan muolajalardan norozilik bilan bog‘liq murojaatlar 20 foizni, bepul davolanish orderlari ajratilishi yuzasidan murojaatlar 18,5 foizni, dori-darmon so‘rab qilingan murojaatlar esa 17 foizni tashkil etgani qayd etildi.

🤝 Fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish maqsadida rahbarlar ishtirokida 180 ta sayyor uchrashuv o‘tkazilib, 415 nafar fuqaroning murojaati qabul qilingani bildirildi. Mazkur murojaatlarning 374 tasi, ya’ni 90,1 foizi qanoatlantirilgani, 41 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berilgani ma’lum qilindi.

📋 Muhokamada fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bepul davolanish imkoniyatlari va dori-darmon ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni manzilli hal etish hamda tibbiyot muassasalari faoliyatida mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1