Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_qonun
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📌 DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHLARI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-Mexrabod saylov okrugi deputati J.Qodirov saylov okrugiga qarashli “Istiqbol” mahallasida mahalla ijtimoiy xodimi Sh. Nusratovaning faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish ishlari Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi.

📑 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida tahlil qilindi.

📌 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 Aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3