Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
#Buloqboshi #DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati #MahallaYettiligi #IjtimoiyHimoya #AmaliyYordam

Murojaat e’tiborsiz qolmadi: fuqaroga ko‘mir yetkazib berish masalasi hal etildi
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 2-Ko‘prikboshi saylov okrugi deputati F.Abdug‘ofurova hududdagi ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar oldi hamda dardu tashvishlari va muammolarini tingladi.
Muloqot davomida fuqaro qish mavsumini betalafot va qulay sharoitda o‘tkazish uchun ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoj borligini bildirdi.
Deputat mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qilib, fuqaroga homiylik asosida ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilanganidan mamnunligini bildirib, o‘z minnatdorligini izhor etdi.
🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida! Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga hamkorlikda yechim topish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |

Slide 1 of 1