Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva tomonidan o‘zi saylangan Orol MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 6-bandi ijrosi yuzasidan mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2