24 USTUVOR YO‘NALISH: ZAMONDOSH MFYDA YANGI MAHALLA BINOSI QURILISHI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-“Chimboy” saylov okrugi deputati Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida "Zamondosh" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi qurilayotgan mahalla binosining joylashuvi va qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
🔎 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
🤝 Tashrif davomida yangi mahalla binosining qurilish jarayoni va mahalla faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
✅ Bunday o‘rganishlar mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hududlardagi masalalarni deputatlik nazorati asosida o‘rganishga xizmat qiladi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!