Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI

SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning III choragi yakunlari yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.

📘Mahalliy Kengashlar faoliyatida deputatlik nazoratini kuchaytirish, saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.

📌 Shu maqsadda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, 9-«G‘alaba» saylov okrugi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva «Yuqori Beshqo‘rg‘on» mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning III choragi davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi.

✨Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari, mahalla yettiligi vakillari, ijro hokimiyati organlari hamda tuman partiya tashkilotlari mas’ullari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

🗣 Deputatlik faoliyati sarhisobi

⚡️Shaxnoza Umarxodjayeva hisobot davrida o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan 17 ta uchrashuv va 9 ta sayyor qabul o‘tkazilganini ta’kidladi. Mazkur muloqotlar davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy va infratuzilmaviy masalalar o‘rganilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.

Jumladan, «Yuqori Beshqo‘rg‘on» mahallasida:

🔹 «Koshona-3» ko‘chasidagi 800 metr ichki yo‘l asfaltlandi. Natijada aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishga erishildi.

🔹 «Koshona» ko‘chasidagi avtobuslarning shox bekati kirish qismiga tutash 300 metr ichki yo‘l asfaltlandi. Mazkur ishlar transport qatnovi va fuqarolar uchun qulayliklarni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

🔹 M. Akbarov ko‘chasida beton zovur arig‘i barpo etildi. Bu hududda suv chiqarish tizimini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan.

🔹 Mahalla ko‘chalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududning sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini shakllantirishga e’tibor qaratildi.

🤝 Ochiq muloqot va samarali hamkorlik — deputatlik faoliyatining muhim mezoni

📎 Uchrashuv davomida saylovchilar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdilar. Shuningdek, mavjud muammolarni izchil hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda mahalla va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

🔖 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva o‘z faoliyatida saylovchilar bilan ochiq muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Slide 1 of 7