Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaro xonadonida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Sumbula” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim Sh.Meliboyev hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva bilan birgalikda Shohiduz ko‘chasi, 1-uyda yashovchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan M.Isakova xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif chog‘ida fuqaroning ijtimoiy ahvoli, unga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda oilani Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Madad” NNT vakili M.Toshboltayeva tomonidan fuqaroning huquqiy masalalari yuzasidan tegishli tushuntirish va maslahatlar berildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3