Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev tomonidan Mallaboy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda kambag‘allik holatidagi fuqarolar xonadonlari o‘rganildi.
🏠 O‘rganishlar davomida fuqarolarning mavjud muammolari, ehtiyojlari va imkoniyatlari tinglanib, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
📌 Asosiy e’tibor — har bir oilaga munosib daromad manbaini yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
🌱 Farovon oila — farovon mahalla. Muammolarni joyida o‘rganish esa amaliy yechimlar sari muhim qadamdir!