Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati #Haftalik_ish_reja
#deputat_faoliyati #deputat_okrugida #nazorat_tahlil #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi

«Yangikent» mahallasidagi baliqchilik ko‘li hududi rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashev o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi «Yangikent» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan baliqchilik ko‘li atrofi ko‘zdan kechirilib, hududning mavjud holati, obodonlashtirish imkoniyatlari hamda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mazkur hududda ichki turizm va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholi dam olishi uchun qulay muhit yaratish hamda hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida zarur infratuzilmani shakllantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Xususan, hududga asfalt yo‘l yotqizish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish, quyosh panellari orqali ishlaydigan tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, yer maydonini tekislash va hududda landshaft-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hududni bosqichma-bosqich rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalari asosida belgilangan ishlarni amalga oshirish hamda hududni yanada obod va jozibador maskanga aylantirish bilan bog‘liq masalalar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6