Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#162_ta_qonun
FUQAROLAR MUROJAATLARI: QONUNCHILIKDA NIMALAR BELGILANGAN?


Fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish huquqi qonunchilik bilan kafolatlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonunining 3-moddasida murojaatlarning asosiy turlari va ular bilan bog‘liq tushunchalarga huquqiy ta’riflar berilgan.

Xususan:
Ariza — huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.
Shikoyat — buzilgan huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash hamda himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Qonunning 3-moddasida, shuningdek, elektron murojaat, takroriy murojaat, anonim murojaat, murojaatning dublikati, ommaviy qabul, videokonferensaloqa, davlat ishtirokidagi tashkilot va ishonch telefoni kabi tushunchalarning huquqiy mazmuni ham belgilangan.

Murojaatning mazmuni va maqsadiga mos ravishda uning turini to‘g‘ri belgilash murojaatni mazmunan aniq ifodalash hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun muhimdir.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni, 3-modda.

Shermuxamedova Fazilatxon Muxiddinovna
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi 12-“Cho‘mishli-Taroqli” saylov okrugi deputati

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1