Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan ishlashda aniqlangan masalalar muhokama qilindi.
📊 2026-yil 21-sentabr holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 52 ta mahallada jami 49 188 ta oilaning ijtimoiy holati, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari o‘rganildi.
🔹 O‘rganishlar natijasida:
2 505 ta oila davlat ta’minotidagi oilalar;
1 229 ta oila kambag‘al oilalar;
469 ta oila kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasida ekani aniqlandi.
📌 O‘rganishlar davomida ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, mehnatga layoqatli oila a’zolarini ish bilan ta’minlash va oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish vazifalari belgilandi.
🤝 Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar:
👨‍💼 O‘zlariga biriktirilgan saylov okruglari va mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, mavjud muammolar joyida o‘rganildi.
🏘 Mahalla yettiligi, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarning holati xonadonbay o‘rganildi.
✅ O‘rganishlar natijasida:
4 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
2 nafar fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatildi;
2 nafar fuqaroga ta’lim xizmati ko‘rsatildi;
2 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmat ko‘rsatildi;
ijtimoiy reyestrda bo‘lmagan 1 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashildi;
xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan 1 nafar fuqaroning Vatanga qaytishi ta’minlandi.
🌍 Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning oila a’zolari bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-maishiy sharoiti, bandligi, ehtiyojlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
💼 Mahallalarda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati ham o‘rganilib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.
📌 O‘rganishlar davomida ayrim oilalarda doimiy daromad manbai mavjud emasligi, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash zarurati hamda ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyoj borligi aniqlandi.
💡 Ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, tomorqadan samarali foydalanish, oilaviy daromad manbalarini ko‘paytirish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔎 Deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettirilmoqda.