Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va mavjudliligi o‘rganildi


Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va mavjudliligi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 18-“Istiqlol” saylov okrugi deputati I.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan hududdagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi va mavjudligi o‘rganildi.

🍗🥛 O‘rganish davomida bozorlarda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan un, guruch, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi hamda boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ko‘zdan kechirildi.

🥖Savdo rastalarida mahsulotlarning yetarliligi, aholining talab va ehtiyojlarini qondirish darajasi hamda mahsulotlarning muntazam ravishda savdoga chiqarilishi holatiga e’tibor qaratildi.

🔰 O‘rganish jarayonida bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar hamda xaridorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahsulotlarga bo‘lgan talab, narxlarning o‘zgarishi va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3