Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
DARSLIKLAR TA’MINOTI NAZORATDA

O‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanishi ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim masalalardan biridir. Shu bois umumta’lim maktablarida ayrim fanlar bo‘yicha darsliklar yetishmasligi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur masala yuzasidan Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Alaviddinov nomiga rasmiy deputat so‘rovi yuborilib, mavjud holatni o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi so‘ralgan.

Deputat so‘rovi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilib, rasmiy javob taqdim etildi. Unda qayd etilishicha, ayni paytda bo‘lim tasarrufidagi 35 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtacha 94,5 foiz miqdorda darsliklar bilan ta’minlangan.

Darsliklarni taqsimlashda o‘quvchilar kontingenti, sinflar hamda fanlar kesimidagi ehtiyojlar inobatga olingan. Mavjud darsliklar maktablar o‘rtasida ehtiyojdan kelib chiqib qayta taqsimlangan. Ayrim fanlar bo‘yicha yetishmovchilikni to‘liq bartaraf etish maqsadida esa zarur miqdordagi darsliklarni olish yuzasidan tegishli so‘rovlar kiritilgan.

Mas’ullar tomonidan bildirilgan ma’lumotga ko‘ra, yetishmayotgan darsliklarni belgilangan tartibda olish, taqsimlash va ta’lim muassasalariga yetkazib berish jarayoni nazoratga olingan. Mavjud ehtiyojlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Eng muhimi, ta’minotdagi mavjud kamchilikni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida Marg‘ilon shahridagi barcha 35 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy yilning 1-oktabriga qadar 100 foiz darsliklar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Mazkur masala deputatlik nazorati bilan cheklanib qolmaydi. Darsliklarning ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida yetkazilishi va o‘quvchilarga taqdim etilishi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalaning tegishli tashkilot tomonidan o‘rganilishi va aniq muddat belgilanib, kamchilikni bartaraf etish choralarining ko‘rilishi — deputatlik nazoratining amaliy natijasidir. Ushbu masalaning ijrosi kelgusida ham shahar Kengashi e’tiborida bo‘ladi.

Slide 1 of 2