Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligiga fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati M. Tojiboyevning Eskiarab MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Yig‘ilishda Parkent tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlar hamda yer fondining boshqa toifalari tarkibidagi maydonlarni xatlovdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
🇺🇿 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich raislik qildi. Unda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyat mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna ham ishtirok etdi.
✅ Muhokama davomida tumandagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida amalga oshirilgan ishlar, mavjud yer resurslaridan foydalanish holati hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlar va yer fondining boshqa toifalariga kiruvchi maydonlar bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlar yuzasidan fikr almashildi.
🟢 Yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazishning asosiy jihatlaridan biri — mavjud yer resurslari haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish, ulardan oqilona foydalanish, yerlarning amaldagi holatini aniqlash hamda kelgusida samarali boshqaruv choralarini belgilashdan iborat.
🟢 Shu nuqtayi nazardan, xatlov natijalarini puxta tahlil qilish, yer maydonlaridan maqsadli foydalanish, foydalanilmayotgan yoki samaradorligi past bo‘lgan hududlarni aniqlash hamda ularning qonunchilik talablariga muvofiq foydalanilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda suv resurslarini asrash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududning ekologik barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq jihatlarning o‘zaro uyg‘unligi muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Yer — xalqning bebaho boyligi va kelajak avlodlar uchun muhim resurs. Shu sababli yer fondini to‘g‘ri hisobga olish, uning holatini muntazam o‘rganish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish dolzarb vazifalardan biridir.
🟢 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirilib, yer resurslaridan samarali foydalanish, xatlov natijalarini amaliy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
🫥 Doimiy komissiyaning bu kabi yig‘ilishlari hududdagi yer, suv va ekologiya masalalarini tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3