Mahallalarda muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tezkor yechim topish maqsadida muhim mexanizm yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-son qaroriga asosan, endilikda “Mahalla yettiligi” va deputatlar ishtirokida har oyda bir marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazib boriladi.
Bu orqali har bir fuqaro o‘zini qiynayotgan masalalar, muammolar va takliflarini bevosita mutasaddilarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🎯 Asosiy maqsad — har bir murojaatni qog‘ozda emas, balki joyida o‘rganib, ularning ijobiy hal etilishini ta’minlashdir!