Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Taroqlida zamonaviy va milliy uslubdagi 24 soatlik ko‘cha loyihasi

➡️Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, odamlar gavjum hududlarda tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini rivojlantirish hamda ularning 24 soatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan edi.

➡️Topshiriqlar ijrosi doirasida
Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich boshchiligida Taroqli mahallasidan o‘tuvchi, M41 xalqaro avtomobil yo‘liga olib chiquvchi ko‘cha atroflari o‘rganildi.

➡️ O‘rganish davomida hududning mavjud imkoniyatlari, aholi va transport qatnovining faolligi, tadbirkorlik obyektlarini joylashtirish uchun qulay nuqtalar hamda ko‘chaning tashqi qiyofasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Zamonaviy infratuzilma va milliy uslub uyg‘unligi
Mazkur hududni milliy uslub va zamonaviy dizayn uyg‘unlashgan, zamonaviy infratuzilmaga ega 24 soatlik savdo va xizmatlar ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilmoqda.

➡️Bu yerda savdo shoxobchalari, umumiy ovqatlanish hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarini ko‘paytirish orqali yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va hududning iqtisodiy faolligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Yangi loyihalar ko‘chaning tashqi qiyofasini tubdan yaxshilash bilan birga, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar, aholi uchun esa qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.

➡️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilib, Taroqli mahallasidagi ushbu ko‘chani tunu kun xizmat ko‘rsatadigan, zamonaviy va gavjum maskanga aylantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5