Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
#yoshlar_maslahat_guruhi

#yoshlar_maslahat_guruhi

Angor tumani Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat" guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi!
🗣Yurtimizda yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatiga yosh avlod vakillarini keng jalb etish choralari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva boshchiliga Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilishni o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Raximqulov tomonidan tomonidan bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan keng sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, guruh a’zolariga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Yoshlar maslahat guruhi o'z faoliyatida hamda yoshlar bilan muloqotlarda ushbu qonun talablariga qat’iy tayanishi lozimligi qayd etildi.

Yig‘ilish kun tartibida guruh faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi:

Guruh faoliyatini jonlantirish: Yoshlar maslahat guruhining shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida yoshlar muammolari va tashabbuslariga doir takliflar bilan faol ishtirok etishini ta'minlash;

Deputatlarga biriktirilgan ustoz yoshlar bilan tizimli ishlash: Mahallalardagi ehtiyojmand va "og‘ir" toifadagi yoshlar muammolarini o‘rganishda deputatlarga ko‘makchi bo‘lish, "ustoz-shogird" an’anasi doirasida uchrashuvlarni tashkil etish;

Yangi amaliy g‘oyalar tashabbuskori bo‘lish: Tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni raqamli texnologiyalar (IT), tadbirkorlik va hunarmandchilikka yo‘naltirishga qaratilgan amaliy loyihalarni ishlab chiqish.

"Yoshlar maslahat guruhi — bu shunchaki rasmiy nom emas, balki shahrimiz taraqqiyoti hamda Kengashimiz faoliyatini yeni g‘oyalar bilan boyituvchi asosiy kuchdir. Sizlar qonunda belgilangan huquqlardan unumli foydalanib, har bir deputatning yonida eng faol ko‘makchi bo‘lishingiz, tengdoshlaringizni qiynayotgan muammolarni tizimli ravishda Kengash minbariga olib chiqishingiz lozim," — deya ta'kidlandi.

Slide 1 of 1