Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Yoshlik MFYda mahalla yettiligi a’zolariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning qonuniy asoslari tushuntirildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Bunyodkor MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangiarab MFYda suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Bozorboshi MFYda zamonaviy xususiy klinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Bozorboshi MFYda yangi xususiy maktab tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 13-aperldagi VII-18-20-11-151-K/26 sonli qarori ijrosi taʼminlandi
янв.21
“Ko‘p kvartirali uylar hududida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda”.
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan o'ndan ortiq masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.

Sessiyada viloyat Kengashi kotibiyati mudiri R.Raupov ham sessiyani tashkillashtirishda hamda sessiya ishida faol ishtirok etdi.

✅ Kun tartibidan joy olgan masala: (https://telegra.ph/Hal%D2%9B-deputatlari-%D2%9Aash%D2%9Badaryo-viloyati-Kengashining-09-11)

1. Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida.

2. Viloyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida.

3. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil

21-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-21-11-4-0-K/26-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

4. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining

2026-yil 1-maydagi VII-25-77-4-0-K/26-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

5. “Qashqadaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari) toʻgʻrisida.

6. “Oʻzbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya loyihasi” konsepsiyasi toʻgʻrisida.

7. Gʻuzor tumani “Qorakoʻl” mahallasida tashkil etilgan sanoat zonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisida.

8. Nishon tumani “Yangi nurchi” mahallasidagi jismoniy shaxslarga tegishli turar-joy va bino inshootlari joylashgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida.

9. Gʻuzor tumani  “Buyuk karvon yoʻli” mahallasi hududidagi (F.Norboyev tegishli) savdo doʻkoni joylashgan yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida.

10. Qamashi tumani “Chim” mahallasi hududidagi (U.Abdullayevga tegishli) “Maishiy xizmat koʻrsatish” binosi joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni huquq egalari bilan ochiq muhokamasini oʻtkazish toʻgʻrisida.

11. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.

 

12. Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

 

13. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 26-noyabrdagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri va bosh mutaxassislarining funksional vazifalarini belgilash toʻgʻrisida”gi VI-33-69-4-0-K/21-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 3