35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Shodiyona MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev mas’ul rahbarlar ishtirokida Qiziltepa mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi
янв.21
Ulug‘nor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

#Doimiy_komissiyalar_faoliyati
#Korruptsiyaga_qarshi_kurashish
#Yoshlar_maslaxat_guruhi

💬 FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI HISOBOTI MUHOKAMA QILINDI

🔹 Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida Rishton tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, mayor D.Mahmudov tomonidan bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari hamda tegishli tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

📋 Hisobotda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlar, fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash hamda yong‘inlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

💬 Muhokama davomida komissiya a’zolari tomonidan soha faoliyati, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan savol va takliflar bildirildi. Mas’ul rahbar tomonidan berilgan savollarga tegishli tushuntirishlar taqdim etildi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

Slide 1 of 1