35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tuman Kengashi doimiy komissiyasida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Shodiyona MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratida
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev mas’ul rahbarlar ishtirokida Qiziltepa mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi
янв.21
Ulug‘nor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#haftalik_ishlar_muhokamasi

7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov boshchiligida, kotibiyat xodimlari Z. Temirova va I. Ikromovlar ishtirokida 7–11-sentabr kunlari amalga oshiriladigan muhim ishlar, belgilangan vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida deputatlik nazoratini kuchaytirish, deputatlarning saylov okruglarida olib boradigan o‘rganishlarini tizimli tashkil etish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida 7–11-sentabr kunlari amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, ijro intizomini ta’minlash va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash