Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari hamda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan “Madad” NTT bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida uchrashuv o'tkazildi.
Muloqot davomida Madad NNTning faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan fuqarolar murojaati hamda aholiga ko'rsatilayotgan huquqiy masalalari haqida batafsil doimiy komissiya bilan muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida “Madad” NTT hamda tuman Kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, o‘zaro tajriba almashish va hudud aholisi manfaatlariga xizmat qiluvchi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.