Yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 302-sonli umumta’lim maktabida «Birinchi qo‘ng‘iroq» bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqbolxon ishtirok etdi. Yig‘ilganlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, o‘quvchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
🌟Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilariga alohida murojaat qilib, ularga yaxshi o‘qish, yangi bilimlarni qunt bilan egallash, maktab hayotida faol bo‘lish va katta muvaffaqiyatlarga erishish tilaklarini bildirdi.
📚Shuningdek, ustozlarga yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat, sabr va omad tilandi.
🇺🇿Ilk qo‘ng‘iroq sadosi bilan boshlangan yangi o‘quv yili barchaga yangi marralar, ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar olib kelsin!
Bizni kuzatishda davom eting!