35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN

“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”

Andijon pedagogika texnikumida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” chora-tadbirlari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan pedagogika texnikumining faol ustozlari tomonidan mahallalar va aholi gavjum joylarda keng targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirlar davomida yoshlar va fuqarolarga giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyatga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda oldini olish choralari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus tayyorlangan flayer hamda bukletlar tarqatildi.

Slide 1 of 5