35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
“Oq Oltin” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi M.Meliqo‘ziyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Oq Oltin” MFY yoshlar yetakchisi M.Meliqo‘ziyeva tomonidan qonun talablari ijrosini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy davr mobaynida:

20 nafar yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgan;

11 nafar yosh ishga joylashtirilgan;

2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan;

6 nafar yoshning doimiy bandligi ta’minlangan;

13 marotaba uyushmagan yoshlar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan;

42 marotaba turli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy hamda boshqa tadbirlar tashkil etilganligi ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida yoshlarning mavjud imkoniyatlardan foydalanishi, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan xabardorligini oshirish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand yoshlar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov hamda “Madad” NNT bosh mutaxassisi M.Toshboltaeva tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4