35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
“Abdulla Avloniy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengash raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova okrugiga qarashli “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining PF-116-sonli Farmonda belgilangan asosiy vazifalari ijrosini o‘rgandi.

O‘rganishda 14 ta asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratildi.

Jumladan:

Xonadonbay o‘rganish — mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud zaxira va imkoniyatlarni aniqlash hamda iqtisodiy rivojlantirish biznes-rejasi ijrosi;

Bandlik — bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash, ishsiz va kambag‘al oilalar a’zolarini ish bilan ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — kredit, ssuda va subsidiyalardan foydalanish, ajratilgan mablag‘larning samaradorligi hamda kreditlarning qaytarilishi;

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash;

“Bir kontur — bir mahsulot” va “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyillari asosida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish;

Mikroloyihalar — kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish;

Bozor va elektron savdo — mahallada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar uchun bozor topishga ko‘maklashish;

Faoliyati sust yoki to‘xtagan korxonalarni qayta ishga tushirish;

Bo‘sh bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish;

Kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash — har bir oila uchun individual dastur ishlab chiqish va daromadlarini oshirish;

Yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Tahlilning asosiy mezoni — bajarilgan ishlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi. Ya’ni, nechta yangi ish o‘rni yaratilgani, nechta fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgani, nechta kambag‘al oila daromadi oshgani, nechta mikroloyiha ishga tushirilgani hamda ajratilgan kredit va subsidiyalarning samaradorligi kabi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va natijadorlik ko‘rsatkichlari umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun tegishli xulosa, taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.