Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.
Tashrif davomida maktab hududidagi bolalar sport maydonchasining holati ko‘zdan kechirildi. Sport maydonchasining o‘quvchilar uchun xavfsizligi, foydalanish imkoniyati va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, sport maydonchasini o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Deputatlar tomonidan mazkur masala deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilishi belgilandi.