35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — muhim vazifa

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — muhim vazifa

🚨 Bugungi axborot makonida bolalarni turli xil zararli va salbiy mazmundagi axborotlardan himoya qilish dolzarb masalalardan biridir. Yosh avlodning sog‘lom fikrlashi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida axborot xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🚨 Mazkur Qonun 2017-yil 8-sentabrda qabul qilingan bo‘lib, bolalarni ularning sog‘lig‘i va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

🚨 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va turli axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotgan bir paytda bolalarning qanday axborotlarni olayotganiga e’tibor qaratish zarur. Ayniqsa, ularning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan, ruhiyati va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axborotlardan himoyalash ota-ona, ta’lim muassasalari hamda jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.

🚨 Bolalarni zararli axborotdan himoya qilishda nafaqat cheklov va nazorat, balki ularda axborotni to‘g‘ri tanlash, tahlil qilish va undan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish ham muhimdir.

🚨 Deputatlar tomonidan mazkur qonun talablarining hududlarda ijrosini o‘rganish, ota-onalar va yoshlar bilan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish hamda bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

✍✍✍ Farzandlarimizni zararli axborotdan himoya qilish — ularning sog‘lom va barkamol kelajagini ta’minlashning muhim shartidir.

Slide 1 of 1